Rossiyada yangi transport vositalari savdosi qariyb 7 foizga o‘sdi. Aprel oyida Rossiya avtobozorida jami 129 476ta yangi yengil va yengil tijorat avtomobillari sotilgan. Bu 2016 yil shu davriga nisbatan 6,9 foizga ko‘p demakdir. Bu haqda Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi hisobotida shu haqda so‘z yuritilgan.
«Aprel oyidagi savdolar o‘tgan yil bilan taqqoslaganda yuqori, biroq mart oyi natijasini takrorlay olmadi. Hozircha, biz sog‘lom bozorning mavsumiyligini ko‘rmayapmiz, bu esa bizga joriy tiklanish qanchalik zaif bo‘lishi mumkinligini namoyish etmoqda. Shunga qaramay, aprel oyi savdolari natijasi to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha navbatdagi qadamdir», — deya izoh bergan qo‘mita rahbari Yorg Shrayber.
2017 yil yanvar-aprel oyida jami 451 945 avtomobil sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,6 foizga ko‘p demakdir.
GM Uzbekistan AJning Ravon brendi ostida sotilayotgan avtomobillar savdosida birmuncha o‘sish kuzatilgan. Kompaniya aprel oyida jami 859ta avtomobil sotishga erishgan bo‘lsa, shu yilning yanvar-aprel oylarida bu raqam 2488 donani tashkil etgan.
Biroq, brendning birorta modeli alohida ko‘rsatkich bo‘yicha Top-25talikka kira olmagan.
Ta'kidlanishicha, alohida modellar savdosi bo‘yicha Top-10likka Rossiyaning o‘zida ishlab chiqarilgan modellar kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Bular quyidagilar:
1 Rio KIA 8 942
2 Granta Lada 8 419
3 Solaris Hyundai 6 792
4 Vesta Lada 6 205
5 Creta Hyundai 4 583
6 Polo VW 4 068
7 Duster Renault 3 829
8 XRAY Lada 3 087
9 Niva Chevrolet 2 921
10 Kaptur Renault 2 649