Panorama tartibida kutilmagan vertikal suratlar hamda bir necha soniyada o‘nlab kadrlar.
Amerikaning Apple kompaniyasi yettinchi avlod iPhone smartfoni kamerasidan foydalanish bo‘yicha 5ta reklama roligini namoyish etdi. Ularda portretlar, makro-kadrlar, vertikal pano va harakatlanayotgan obektlar hamda qorong‘ulikda kamera yoritqichi yorita olmagan obektlarni suratga olish bo‘yicha tavsiyalar o‘rin olgan.
Shunday qilib, Apple tavsiyasiga binoan, portret olish uchun aynan shu maqsadga mo‘ljallangan tartibni chuqur kadr effekti bilan birga olish kerak. Smartfonning o‘zi buning uchun tik holatda tutilishi hamda inson yuziga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Makro-suratlarni, Apple kompaniyasiga ko‘ra, obektdan 10 smgacha yaqinlikda olish maqsadga muvofiq. Sifatli suratga ega bo‘lish uchun kamera fokusini qo‘l yordamida boshqarish kerak.
iPhone vositasida vertikal pano «Panorama» tartibida suratga olinadi. Bunda smartfonni gorizontal holatda ushlab turish kerak. Keyin, kamera pastdan yuqoriga harakatlantiriladi.
Nimqorong‘ulikda suratga tushirishda biroz bo‘lsa-da yorug‘lik manbaini topish zarur. To‘g‘ri rakurs tanlanganidan so‘ng, foydalanuvchi smartfonda fokuslash nuqtasini belgilashi hamda obektning yetarli yorqinligiga ega bo‘lish uchun ekspozitsiyani boshqarishi kerak.
Bir joyda turmaydigan obektlarni yaxshisi «landshaft» tartibida «Burst mode» funksiyasidan foydalangan holda suratga tushirgan ma'qul. Uni faollashtirish uchun kamera tugmachasi bosiladi va suratga olish jarayon tugagunicha bosib turiladi. Shundan so‘ng, iPhone lavhalar galareyasini shakllantiradi, undan eng yaxshisini tanlash mumkin bo‘ladi.
Jurnalist Grega Skoblete (Greg Scoblete)ning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab zamonaviy fotograflar allaqachon iPhone telefonidan oynali va o‘rta formatli kameralar o‘rnida foydalanmoqda.
Albatta, tasvir sifati muhim ahamiyat kasb etadi. Suratkash to‘g‘ri foydalana bilsa iPhone yordamida ajoyib suratlar olishi mumkin.
17 fevralda Photo District News jurnali texnologik direktori Greg Skoblete Billboard jurnalida iPhone 7 Plus kamerasida suratga olingan muqovani e'lon qilgan edi. O‘shandan bir necha kun o‘tgach, Traveler va Bon Appétit jurnallari ham shunday muqovalarni e'lon qildi.
Apple 2016 yil dekabr oyida professional suratkashlarning iPhone 7 Plus yordamida olgan eng yaxshi fotosuratlarini namoyish qilgan edi.