12 yoshli qiz Hoking va Eynshteynning IQ-testlari bo‘yicha rekord natijani qayd etdi

Foto: The Independent
Cheshir grafligidan 12 yoshli Rajaguri Pavar aqliy qobiliyat darajasi (IQ)ni belgilab beruvchi test sinovlarida 162 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. The Independent shu haqida ma'lumot berdi.
Test Manchesterda bo‘lib o‘tdi. Nashrda ta'kidlanishicha, Rajagurining natijalari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning imkon doirasidagi eng yuqori natija hisoblanadi.
"Daholar" 140 punktga ko‘ra baholanmoqda. Ta'kidlash joizki, mashhur fiziklar Albert Eynshteyn va Stiven Xokinglar IQ'si 160 ball deya baholanadi.
The Times of India gazetasida ma'lum qilinishicha, natijalar e'lon qilinganidan keyin qizga Britaniya Mens Jamiyati - yuqori IQ'li kishilar klubi a'zoligi taklif qilingan.
Mavzuga oid

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

16:09 / 09.03.2025
Rishi Sunak: Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainani tiklashga yo‘naltirish kerak

19:58 / 07.03.2025
Britaniya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga birinchi milliard dollarni taqdim etdi

22:17 / 04.03.2025