XAMASga yangi yetakchi saylandi

Foto: aa.com.tr
Falastinning XAMAS harakati siyosiy byurosiga saylovlar natijalariga ko‘ra harakat yetakchisi Xolid Mash'al o‘rniga Ismoil Xaniya saylandi.
XAMAS vakillari ma'lumotlariga ko‘ra, ovoz berish G‘azo sektori va Qatar poytaxti Doha o‘rtasida videoanjuman tartibida o‘tkazilgan. Harakat yetakchisi lavozimiga, shuningdek, Muso abu Marzuk va Muhammad Nizal ham da'vogarlik qildilar.
Xaniya 2013 yildan beri XAMAS yetakchisi o‘rinbosari lavozimini egallab kelayotgandi.
Taxmin qilinishicha, Isroil tomondan xavf saqlanib qolayotgani sababli, XAMAS yetakchisi G‘azo sektoridan tashqarida qoladi.
Mavzuga oid

14:27 / 09.03.2025
Foto: Falastin bayrog‘ini ko‘targan aktivist Big-Benga chiqib oldi

20:37 / 03.03.2025
Falastin kurashi haqidagi «Boshqa yer yo‘q» hujjatli filmi «Oskar»ga munosib ko‘rildi

17:53 / 22.02.2025
HAMAS Isroil bilan kelishuvning birinchi bosqichi shartlarini bajardi

17:21 / 20.02.2025