Saudiya Arabistonida 91 yoshli shahzoda vafot etdi

Foto: aawsat.com
Saudiya Arabistonida amaldagi qirol Salmon ibn Abdulaziz al-Saudning akasi, shahzoda Mash'al ibn Abdulaziz 91 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda "Ash-Sharq al-Avsat" nashri.
Ta'kidlanishicha, shahzoda Saudiya Arabistonida taxtning vorisiyligi tartibini aniqlash kengashini boshqargan. Bu kengash qirollik sulolasida merosning o‘tishida izchillikni belgilash uchun tuzilgan. Ayni vaqtda Saudiya Arabistonida 7 mingga yaqin shahzoda mavjud.
Mash'al ibn Abdulazizning bu lavozimga tayinlanishi sobiq qirol Abdulloh ibn Abdulaziz Al-Saud oilasining barcha a'zolaridan bir xilda uzoqligi bilan shartlangan edi.
Ayni vaqtda Saudiya Arabistoni qirollik uyi 25 ming a'zodan iborat bo‘lib, ulardan 7 ming nafari shahzoda hisoblanadi. Ulardan har biri nazariy jihatdan qirol bo‘lishi mumkin. Qirollikda taxtning topshirilishi "akadan ukaga tizimi" bo‘yicha amalga oshiriladi. Saudiya Arabistoni asoschisi va birinchi qiroli Abdulaziz Al Saud (1880—1953) taxtni birin-ketin barcha o‘g‘illari, so‘ngra nabiralari egallashlari kerakligini belgilab ketgan.
Mavzuga oid

10:33 / 11.03.2025
Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

16:37 / 10.03.2025
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

19:00 / 07.03.2025
Bayramlar uchun ajoyib sovg‘a - bu abadiy esda qoladigan sayohat!

21:44 / 04.03.2025