Apple’ning bank hisob raqamlarida chorak trln dollar mablag‘ yig‘ildi

Foto: Getty Images
Apple kompaniyasi joriy moliyaviy yilning 2-choragida kamtar moliyaviy natijalar ko‘rsatganiga qaramasdan, navbatdagi muvaffaqiyatga erishdi: kompaniyaga tegishli turli bank hisob raqamlarida 256,8 mlrd dollar yig‘ildi, deb xabar bermoqda CNN.com nashri.
Kompaniyada bir yil avval 233 mlrd dollar, 5 yil avval esa 110,2 mlrd dollar bor edi.
Shu tariqa, Apple kompaniyasi AT&T, Walmart, Pfizer, Procter & Gamble, Visa, Coca-Cola va Disney kabi yirik kompaniyalardan ko‘proq mablag‘ga ega bo‘lmoqda.
Kompaniya bu mablag‘lardan katta qismi – 239 mlrd dollarini xorijiy hisob raqamlarda saqlaydi, deb tan oldi kompaniyaning moliyaviy direktori Luka Maestri.
"Agar Apple va boshqa texnologik kompaniyalar xorijdagi pullarini AQShga qaytarganlarida, unda bu iqtisodiyotga turtki bergan bo‘lardi", deb ta'kidlab o‘tdi CNN.com.
Mavzuga oid

17:03
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi

18:51 / 05.03.2025