SpaceX xodimi "Instagram"dagi o‘z sahifasida kompaniya rahbari va Tesla asoschisi Ilon Maskning burg‘ilash mashinasi tasvirlangan birinchi suratni taqdim etdi. Mashinadan Los-Anjyeles ostidan tunnel qurish maqsadida foydalanilmoqda.
Surat muallifi unga “burg‘ilashning yana bir kuni”, deya izoh qoldirdi. Fotosuratga boshqa hech qanday ma'lumotlar ilova qilinmagan.
Qurilmada The Boring Company yorlig‘i bor, u Maskning endilikda transport tunnellari ishlab chiqish va qurish bilan shug‘ullanuvchi firmasidir.
SpaceX tomonidan taqdim etilgan fotosuratga OAV e'tibor qaratdi. Paydo bo‘lgan katta qiziqishdan so‘ng, u suratni o‘chirib tashladi va Instagram’dagi sahifasini yopib qo‘ydi. U nega shunday qilgani – noma'lum.
Fevral oyida Mask Bloomberg’ga burg‘ilash mashinasi tayyor ekani va undan foydalanilayotgani haqida xabar bergandi. Uning og‘irligi 1,2 ming tonna, diametri – 7,9 metr, uzunligi esa – 121,9 metr keladi. SpaceX asoschisi mashinaga ism ham qo‘yib olgan – uni Nanni, deb atashadi.
Taqdim etilgan suratda Nanni ekanligi – aniq emas. SpaceX vakili The Verge’ning bu borada qilgan murojaatiga javob qaytarmagan. Nashrdan ta'kidlashlaricha, suratdagi uskuna hajmiga ko‘ra qurilmaning bir qismi bo‘lishi mumkin.