Rossiyaning Kemerovo viloyatida, Kiselevsk shahridagi Vaxrushev avtobazasi xodimlari "BelAZ" yuk mashinasining katta o‘lchamli g‘ildiragini dam berishga qo‘yib, uni unutib qoldirganlar. Oqibatda g‘ildirak keragidan ortiq shishib ketib, oxir-oqibat yorilgan.
G‘ildirak havoga uchib, sal narida turgan yengil avtomobilning ustiga tushgan va uning pachog‘ini chiqargan. Xayriyatki, mashina ichida hech kim bo‘lmagan. Ushbu holat tasvirlangan video internetda paydo bo‘ldi.