Apple nok va boshqa mevalarga qarshi

Fan-texnika 11:51 / 28.04.2017 22043

Apple kompaniyasi yuristlari Yevropa patent idorasini faqatgina o‘zlari mevalardan logotip sifatida foydalanishga haqli ekanligiga ishontira olishdi.

Apple kompaniyasi tishlangan olma aholi ongidan shunchalik mustahkam o‘rin egallaganki, bozorning shu segmentida boshqa meva tushirilgan logotip ham soxta solishtirishlar va iste'molchilarning adashishiga sabab bo‘lishini isbotlay olgan.

Kompaniya Pear Technologies o‘z logotipida tishlangan nok tasvirini ishlatishni mo‘ljallay boshlaganidan so‘ng Yevropa patent idorasiga murojaat qilgan.

“O‘z-o‘zidan ma'lumki, nok — olma emas. Biroq nok ko‘rinishidagi logotip, ayniqsa uning abstrak shakli, nozik silueti va yuqoriga chiqib turgan bandi e'tiborga olinsa  — Apple ning mashhur logotipi bilan aniq taqqos vujudga keladi.

Boshqacha qilib aytganda, nok — olma singari yaxshi meva, mana, Pear Technologies o‘z iste'molchilariga nimani sha'ma qilmoqda”, — deyiladi Yevropa patent idorasining tushuntirishida.

Ilgariroq Apple Pear Technologies’ning nok ko‘rinishidagi, “olma”ga o‘xshamaydigan boshqa logotipining qayddan o‘tishiga ham to‘sqinlik qilgan edi.

Endi xalqaro mahsulot belgilari reyestrida nok tasvirlangan yana bir nechta mahsulot belgilari bor. Masalan, mana bu belgiga nisbatan ham ariza topshirilgan (aftidan, yana Apple tomonidan):

Hozircha Apple nokka qarshi kurashish bilan cheklanadimi yoki texnika va soft ishlab chiqaruvchi boshqa kompaniyalarning “mevali” logotiplariga ham qarshi kurashadimi, aniq emas.

Xususan, Raspberry Pi Foundation (bank kartasi kattaligidagi bir platalari kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniya) juda ko‘p mamlakatlarda, jumladan, AQShda ham o‘zining «rezavorli” mahsulot belgisini qayddan o‘tkazgan:

Yoki Shvetsiyaning Cherry AB kompaniyasini olaylik, ular 1997 yildayoq “gilosli” mahsulot belgisni qayddan o‘tkazgan.

Yana bir mevali mahsulot belgisi Amerikaning Hak5 LLC kompaniyasiga tegishli — u Pineapple simsiz signalini ushlash uchun mo‘ljallangan gadjyetlarda tasvirlangan:

Shuningdek, IT-kompaniyalar xalqaro mahsulot belgilari reyestrida o‘nlab boshqa, kam tanilgan mevali ramzlar tushirilgan belgilar bor. Masalan:

Bundan tashqari, mevali logotiplarning Apple tomonidan monopoliyalashtirilishi adolatlimi, degan savol ham ko‘ndalang bo‘lmoqda. Chunki azaldan kompyuter va shunga o‘xshash texnikalarni o‘rik logotipi ostida ishlab chiqargan mashhur firma mavjud:

Biroq, Apricot kompaniyasi o‘z biznesini nihoyalashi bilan uning mahsulot belgilari ham harakatdan to‘xtagan. Endi o‘rik o‘rnini olma egalladi. Qiziq, Apple dastidan IT va texnologiya bozorida birorta meva qolarmikan?

Ko‘proq yangiliklar: