AQSh rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamni qisqartiradi

Iqtisodiyot 14:31 / 25.04.2017 4221

AQSh ma'muriyati rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishni qisqartirish, shuningdek Davlat departamenti va Xalqaro taraqqiyot agentligini birlashtirishni rejalashtirmoqda. Foreign Policy jurnali o‘z tasarrufidagi hujjatlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi

Tashqi siyosat idorasining 15 sahifali byudjyet hujjatiga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam cheklanadi yoki umuman bekor qilinadi, ba'zilari uchun esa, aksincha - oshiriladi. Oq uy ushbu qadamni milliy xavfsizlik masalalari hamda Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan "Eng avvalo, Amerika" shiori bilan bog‘lamoqda.

Manbaga ko‘ra, Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbariyati o‘z xodimlariga mamlakat ijro hokimiyatining faoliyati ratsionallashuvi doirasida Oq uyning idora va Davlat departamentini birlashtirish rejasidan xabardor qilgan.

Xo‘sh, AQSh qaysi davlatlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamni kamaytiradi?

AQSh Ukrainaga ko‘rsatiladigan umumiy yordamni 570,9 million dollardan 177,8 million dollargacha, ya'ni 68,8 foizga qisqartiradi. 

Davlat departamenti kanallari bo‘yicha yordamni bekor qilish Ozarboyjon, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston hamda Kubaga ham taalluqli. 

Dasturlari taxminan 100 mamlakatga nisbatan joriy qilingan Davlat departamenti va Xalqaro taraqqiyot agentligida bu qarorlarga izoh berishdan bosh tortishdi. 

Ko‘proq yangiliklar: