Apple bilan sudlashayotgan Qualcomm sof daromadi deyarli 40 foizga tushib ketdi

Iqtisodiyot 15:09 / 20.04.2017 4965

Qualcomm chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniya sof foydasi 2017 moliya yilining ikkinchi choragida o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 36 foizga tushib ketib, 700 mln. dollarni tashkil etdi.

Kompaniya daromadi 10 foizga pasayib, 5 mlrd. dollarga teng bo‘ldi. Bir aksiyadan tushgan daromad esa 0,5 dollarni tashkil etdi. Savdolar yakunlanganidan so‘ng Qualcomm aksiyalari 2,39 foizga o‘sdi.

11 aprel kuni Qualcomm Apple’ni patentlarni buzishda ayblab sudga bergani oydinlashdi. Yanvar oyi oxirlarida esa Apple Qualcomm’ni sudga bergandi. Ma'lum qilinishicha, kompaniya chiplar narxini atayin qimmatlashtirmoqda va Apple’ga ularni xarid qilish uchun sarflangan 1 mlrd. dollarni qaytarib berish niyatida emas.

Fevralda Qualcomm rahbari Stiven Mollenkopf Apple bilan mojaroni suddan tashqari tartibda hal qilish niyatida ekanini ma'lum qilgandi.

Qualcomm so‘nggi ikki yil davomida monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq ko‘plab ayblovlarga duch keldi. Kompaniyani 3G/4G texnologiyasini noqonuniy lisenzion yig‘ishda ayblashmoqda. 

Xitoyda Qualcomm 975 mln. dollar, Janubiy Koreyada esa – 853 mln. dollarlik jarimaga tortildi. Bundan tashqari, u Yevropa va Tayvanda umumiy qiymati 3 mlrd. dollar bo‘lgan jarimaga ham tortilishi mumkin.

Keyinchalik AQSh Federal savdo komissiyasi chiplar ishlab chiqaruvchisini simsiz aloqa sohasidagi o‘ta muhim patentlar portfelidan raqobatchilarni yo‘qotish maqsadida foydalanganlikda aybladi.

Ko‘proq yangiliklar: