Venesuelada inflyatsiya aql bovar qilmas darajaga yetishi mumkin

Iqtisodiyot 13:52 / 19.04.2017 6943

Venesuelada inflyatsiya (pul qadrsizlanishi) darajasi keyingi yilda 2000 foizdan oshib ketishi mumkin. Bu haqda CNN Money Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognoziga asosan xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, 2017 yilda mamlakatda inflyatsiya darajasi 720 foizga yetadi, keyingi yilda esa 2000 foizgacha chiqishi mumkin.

Ekspertlarning ma'lum qilishicha, shu bilan birga, ishsizlik darajasi ham oshadi: 2017 yilda – 25 foiz, 2018 yilda – 28 foiz.

Avvalroq Venesuelada favqulodda holat rejimi oltinchi marta cho‘zdirilgani xabar qilingandi. 

Ko‘proq yangiliklar: