Apple o‘z avtomobili yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq kompaniyaga texnologik jarayonlarning murakkabligi sababli avtomobilsozlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Apple tahlilchilaridan biri aytmoqda.
Ushbu xabar Kaliforniya shtati rahbariyati kompaniyaga haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazishga ruxsat bergandan keyin yangradi.
Apple kompaniyasi Titan loyihasi doirasida o‘z avtomobilini yaratish ustida ishlayotgani haqidagi gaplar anchadan beri yangramoqda. Biroq yaqindagi hisobotlar kompaniya mashinani butunligicha chiqarishga harakat qilmasligidan darak bermoqda. Buning o‘rniga u haydovchisiz avtomobillar uchun dasturiy ta'minot va texnologiyalarni yaratishga e'tibor qaratadi. Shunga o‘xshash vaziyat iPhone bilan ham kuzatilmoqda: Apple’ning smartfonlarini ishlab chiqarish bilan aslida Foxconn kompaniyasi shug‘ullanmoqda.
Apple ushbu turdagi avtomobillar bozorida kuchli raqobtchilarga duch kelishiga to‘g‘ri keladi. Google va Tesla kompaniyalarida tayyor haydovchisiz mashinalar mavjud, bu orada Tim Kuk kompaniyasiga bunday mashina dizaynini yaratishning o‘ziga bir necha yillar kerak bo‘ladi.
"Avtomobil dizaynini yaratish to‘liq jarayoniga odatda 5-7 yil ketadi. Apple juda shoshsa ham, loyihani yakunlash uchun unga bir necha yillar kerak bo‘ladi", deb hisoblamoqdalar mutaxassislar.