Uber taksi xizmati 2016 yilni 2,8 mlrd dollarlik ziyon bilan yakunladi

Iqtisodiyot 19:23 / 16.04.2017 4884

Uber taksi xizmati ilk bor moliyaviy ko‘rsatkichlarini oshkor qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi. Ma'lumotlarga ko‘ra, taksi xizmati ko‘rsatuvchi kompaniya 2016 yilni 6,5 mlrd dollarlik tushum olgan holda, 2,8 mlrd dollarlik sof ziyon bilan yakunlagan.  

Uber vakillarining aytishicha, 2016 yilda buyurtmalar hajmi 2 martadan ko‘proqqa oshgan va 20 mlrd dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkich butun tashishlarning umumiy qiymatini ko‘rsatadi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, o‘sish sur'atlariga ko‘ra daromadlar yo‘qotishlarni ortda qoldirgan.

Uber’ning sof ziyoni Xitoydagi bo‘linmasi hisobga olinmagan holda, 2,8 mlrd dollarni tashkil qilgan. Kompaniyaning Xitoydagi bo‘linmasi 2016 yil yozida mahalliy raqobatchi – Xitoyning eng yirik taksi xizmati Didi Chuxing’ga sotib yuborilgandi.

Uber’da tushuntirilishicha, tushum o‘z ichiga narxlardan olinadigan bir qism daromadlarni oladi. Bundan birgalikda safarlar uchun UberPool xizmatidan olingan buyurtmalar istisnodir, bu holatda kompaniya safar uchun olingan butun haqni daromad sifatida hisoblaydi. Kompaniya buyurtmalar hajmidan qancha ulushini tushumga qo‘shishi ma'lum qilinmagan. Shu tariqa, UberPool auditoriyasi qancha ko‘p bo‘lsa, daromad ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

Ziyonlarga xodimlarga bonuslar, ko‘chmas mulkka xarajatlar, avtomobillarni xarid qilish va ba'zi boshqa xarajatlar kirmaydi. 

Hozirda Uber investorlar tomondan 69 mlrd dollarga baholanadi. Kompaniya 75 ta davlatda ishlaydi. Ayni vaqtda kompaniya ixtiyorida 7 mlrd dollar o‘z mablag‘i hamda ishlatilmagan 2,3 mlrd dollarlik kredit mavjud. Kompaniya butun faoliyati davomida kamida 8 mlrd dollar sarflagan. 

Ko‘proq yangiliklar: