O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Iqtisodiyot 13:40 / 14.04.2017 6286

O‘zbekiston turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi va Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Imzolash marosimi O‘zbekiston turizmni rivojlantirish bo‘yicha Davlat qo‘mitasi raisi Anvar Sharopov hamda Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muxamediulaning “Dam olish dunyosi-2017” beshinchi Xalqaro o‘zbek turistik ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘iston vazirligi rahbarining xabar berishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida turistik oqim hajmini oshirish uchun ikkita yangi o‘tkazish punkti ochiladi, shuningdek amaldagi uchtasi kechayu kunduzlik rejimga o‘tkaziladi.

Har ikki tomonga sayyohlar oqimining ortishiga davlatlar o‘rtasidagi temir yo‘li va avtobus qatnovining rivojlanishi turtki berishi kerak. Yaqinda “Olmaota-Toshkent-Olmaota” tezyurar yo‘lovchi poyezdi ishga tushirildi.

O‘zbekistonlik turistlar Qozog‘istondagi Borovoye dam olish hududi, Balxash va Alako‘l ko‘llariga, “Chimbuloq” tog‘-chang‘i kurorti, Ostona va Olmaota shaharlariga ko‘proq borishsa, qozog‘istonlik turistlar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivani tanlashadi.

Ko‘proq yangiliklar: