Los-Anjyeles metrosi Xitoydan 647 million dollarlik vagonlar sotib oladi

Iqtisodiyot 08:49 / 14.04.2017 4339

Los-Anjyeles shahri metropoliteni boshqarmasi Xitoyning China Railway Rolling Stock Corporation (CRRC) vagonlar qurish korporatsiyasi bilan qiymati 647 mln. dollar bo‘lgan 282ta vagonni xarid qilish haqida shartnoma imzoladi. Bu haqda China Daily nashri yozmoqda.

Maqolada aytilishicha, kelishuvni amalga oshirishning birinchi bosqichida metropoliten 178 mln. dollar evaziga 64ta vagonni sotib oladi. Ular buyurtmachiga 2021 yilning sentabrida yetkazib beriladi.

"Biz yettita yangi bekat qurilganidan so‘ng, metroga tushuvchi kishilar kuniga 80 mingga ko‘payishini kutmoqdamiz", - deya ma'lum qildi Los-Anjyeles metropoliteni bosh direktori Filipp Vashington. Uning so‘zlariga ko‘ra, har kuni metrodan taxminan 1,3 mln. kishi foydalanadi.

CRRC tomonidan chiqariluvchi vagonlar soatiga 120 km. tezlikka qadar yetishi va 40 yil davomida hech qanday muammosiz xizmat ko‘rsatishi mumkin, deyiladi maqolada.

Ko‘proq yangiliklar: