"Lukoyl" Rossiyadagi AYoQShlarini sotish fikridan qaytdi

Iqtisodiyot 21:50 / 13.04.2017 5884

"Lukoyl" kompaniyasi Rossiyadagi AYoQShlarini sotmaydi, balki ularni modernizatsiya qiladi. Bu haqda kompaniya rahbari Vagit Alekperov ma'lum qildi.   

"Biz barcha AYoQShlarimizni sotishimiz haqida xabar tarqadi. 10 yillik strategiyani ishlab chiqishda bizning strateglar AYoQShlar tarmog‘imizni sotishni taklif qilishdi, biroq boshqaruv bunga rozi bo‘lmadi", deb aytdi Alekperov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda. 

U "Lukoyl" barcha AYoQShlarini modernizatsiya qilishini ma'lum qildi.  

Alekperovning aytishicha, kompaniya bir qator davlatlar: Ukraina, Litva, Estoniya, Latviya va Polshadagi aktivlarini sotmoqda, boshqa davlatlarda, misol Niderlandiya va Belgiyada esa aksincha, faoliyatini kengaytirmoqda.

Alekperovning ta'kidlashicha, Rossiyada kompaniyaning 3 mingga yaqin AYoQShi faoliyat yuritadi.

Ko‘proq yangiliklar: