O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Qozog‘iston yangi gaz quvuri ishga tushiriladi

Iqtisodiyot 19:18 / 10.04.2017 24430

“Buxoro gazli hududi-Toshkent-Bishkek-Olmaota” gaz quvuri qurilish ishlari 2017 yilning iyuniga qadar yakunlanishi mumkin. Bu haqda Qirg‘iziston OAV «Gazprom Qirg‘iziston» vakili Murot Sulaymonovga asosan xabar berdi.

Jadvalga ko‘ra, aprelda birinchi va ikkinchi navbat qurilishi yakunlanadi, shundan so‘ng maxsus ishlar boshlanadi hamda ular joriy yilning iyuniga qadar yakunlanadi.

Yangi magistral gaz quvuri ishchi bosimi 55 kg va o‘tkazish imkoniyati soatiga 450 ming kubometr gaz bo‘lgan 720 millimetrli quvurlardan iborat bo‘ladi.

«Taxminlarga ko‘ra, bu gaz quvuri yiliga 4 mlrd kub gazni o‘tkazadi. Ushbu ikki navbatni qurish respublikamiz shimoliy hududlari va Bishkek shahriga gaz yetkazib berish xavfsizligini ta'minlaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi Murot Sulaymonov Knews.kg nashriga bergan intervyusida.

Ko‘proq yangiliklar: