Toshiba televizorlar ishlab chiqaruvchi bo‘limini sotadi

Iqtisodiyot 12:38 / 10.04.2017 5099

Yaponiyaning Amerikadagi sho‘'ba korxonasi Westinghouse Electric kasodga uchragach, qayta tuzish ishlarini olib borayotgan Toshiba korporatsiyasi televizorlar ishlab chiqaruvchi bo‘limini sotishga qaror qildi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar qilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, bu masala kelasi yil mart oyi oxirigacha hal etiladi. Dastlabki hisob-kitoblarda qayd etilishicha, bitim qiymati bir ncha yuz million dollarni tashkil etadi. Ehtimoliy xaridorlar orasida Xitoyning bir necha kompaniyasi, Turkiyaning maishiy texnikalar ishlab chiqaruvchisi Vestel kompaniyasi ham bor. Turkiya firmasi Yevropa bozori uchun avval ham Toshiba televizorlarini yig‘ish bilan shug‘ullangan. 

Toshiba 1960 yilda Yaponiyada birinchi bo‘lib rangli televizorni ishlab chiqqan edi. Biroq, hozirda, bu bo‘lim korporatsiyaga faqat zarar keltirmoqda. Zara miqdori 10 mlrd iyen (90 mln dollardan ortiq) ekani aytilmoqda. 2016 yil aprelidan sentabrigacha bo‘lgan muddat mobaynida televizorlar savdosidan ko‘rilgan daromad 2015 yil ko‘rsatkichiga nisbatan 42 foizga pasaygan va 27,9 mlrd iyen (252,6 mln dollar)ni tashkil etgan.

29 mart kuni Westinghouse Electric Nyu-York sudiga o‘zining kasodga uchraganligi haqidagi hujjatlarni taqdim etdi. Bu jarayon AQShning bankrotlik to‘g‘risidagi kodeksi 11 bobiga muvofiq olib boriladi. Shu bilan amaldagi loyihalarga jiddiy talofatlar yetkazmasdan qayta tashkil etish mumkin bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: