Xitoyning yirik JD.com internet savdo maydoni Sichuan viloyatida dronlar uchun portlar barpo etishni boshlamoqchi. Shanghai Daily nashrining kompaniya matbuot xizmatiga asoslangan holda yozishicha, yuk tashuuvchi dronlar uchun jami 150ta aeroport qurish rejalashtirilgan. Bu yuklarni yetkazishda yanada samaraliroq faoliyat ko‘rsatish imkonini beradi.
JD.com prezidenti Richard Lyuning ishonch bildirishicha, uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalardan foydalanish mahsulotni xaridorga yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlarni 70 foizga qisqartirish imkonini beradi. Viloyatning uzoq tumanlarida istiqomat qiluvchi xaridorlar o‘z buyurtmalarini 24 soatdan kamroq vaqt mobaynida olishlari mumkin bo‘ladi. Hozirda, tezkor xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi infratuzilmalar mavjud emasligi bu borada qiyinchiliklarni vujudga keltirmoqda.
Yaqin orada kompaniya o‘zining uncha katta bo‘lmagan dronlari vositasida mahsulotlarni yetkazib berishni boshlaydi. Hozircha, ular 50 kggacha yuklarni tashiy oladi. Keyinchalik, JD.com 500 kggacha yuklarni elta oladigan yirik dronlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Albatta, kompaniya loyihasi transport departamentida tasdiqdan o‘tishi kerak, biroq g‘oya mijozlar va ko‘plab tashkilotning qo‘llab-quvvatlashishiga erishgan.