Amerikaning Chevrolet avtomobil brendi yangi kontsepti — FNR-X suratini namoyish qildi. Bu haqda CarAdvice xabar qilmoqda. Mashinaning rasmiy taqdimoti Shanxay xalqaro avtoko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi.
Kelgusida kompaniya ushbu mashinani seriyali shlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Biroq, hozircha, yangi model haqidagi tafsilotlar sir tutilmoqda. Kontseptga gibrid motor qo‘yiladi, uning barcha g‘ildiraklari yetakchi bo‘lishi barobarida yarim muqobil boshqaruv tizimiga ega bo‘ladi.
Chevrolet 2017 yil mart oyida Jyenevada bo‘lib o‘tgan avtoko‘rgazmada Camaro Track Concept kontseptini namoyish qilgan edi. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu mashina tezkor sport kupesini xohlovchi talabgor haydovchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan.