«O‘zbekengilsanoat» eksport salohiyatini 2,5 milliard dollarga qadar yetkazadi

Iqtisodiyot 16:48 / 05.04.2017 3598

2020 yilga kelib «O‘zbekengilsanoat» AJ o‘z mahsuloti eksport salohiyatini 2,5 mlrd. AQSh dollariga qadar yetkazishni rejalashtirmoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, yaqin yillar ichida qiymati 2,2 mlrd. dollar bo‘lgan 132ta yangi investitsion loyihalar amalga oshiriladi. Ularning qariyb 50 foizi xorijiy sarmoyalar va kreditlarni jalb etishni nazarda tutadi. 

Shuningdek 112ta zamonaviy, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda 20ta amaldagi quvvatlarni kengaytirshi, modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash mo‘ljallangan.

Maqsadli parametrlarning realizatsiyasi eksport salohiyatini yiliga 2,5 mlrd.ga qadar oshirish va qo‘shimcha 25 ming yangi ish o‘rnini yaratish imkonini beradi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilda «O‘zbekengilsanoat» AJ korxonalari tomonidan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 18,1 foiz (3,7 trln so‘m), xalq iste'mol tovarlari - 22,3 foiz (1,7 trln so‘m), mahsulot eksporti – 32 foizni ($1,146 mlrd dollargacha) tashkil etgan.

«O‘zbekengilsanoat» tarkibiga 400dan ziyod sanoat korxonalari kiradi. Ularning respublika tekstil mahsuloti eksporti umumiy hajmidagi ulushi 82 foizga teng.

Ko‘proq yangiliklar: