Osiyoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar rekord darajada pastga tushib ketdi

Iqtisodiyot 12:48 / 05.04.2017 9548

Osiyo davlatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi YaIMga nisbatan rekord darajada pasayib ketdi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda. Bunday holat Xitoyga xorijiy sarmoyalarning keskin qisqarishi va ushbu davlat kompaniyalari tashqi investitsiyalari ortishi sabab yuz berdi.

2014 yilda Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar chiqib ketuvchi sarmoyalardan uch barobar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilda ko‘rsatkichlar deyarli tenglashib qoldi.

2016 yilning sentabriga qadar bo‘lgan 12 oy davomida Xitoydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar chiqib ketishi YaIMning 2,19 foiziga teng bo‘ldi. Bu esa rekord sanaladi. Xitoyning Yevropaga investitsiyalari esa 77 foizga ortib, 35 mlrd. yevroni tashkil qilgan bo‘lsa, Yevropaning Xitoyga sarmoyasi – 23 foizga qisqarib, 8 mlrd.ni tashkil etdi.

Londondagi TS Lombard tadqiqot firmasining Xitoy bo‘limi direktori Trey MakArverning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydagi biznesga bo‘lgan munosabat «so‘nggi uch-to‘rt yilda keskin ravishda yomonlashgan»: «U avvalgidek o‘ziga jalb etayotgani yo‘q. Kompaniyalar katta e'tibor beruvchi - nominal o‘sish 20 foizdan 7-8 foizga qadar tushib ketdi». 

Bundan tashqari, MakArverning ta'kidlashicha, «xorijiy kompaniyalar Xitoy xorij sarmoyalariga ancha yopiq holatga kelgan, deb o‘ylashmoqda».
 
Singapur, Tailand, Tayvanda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar kelishi YaIMga nisbatan to‘rt yillik minimumga qadar tushib ketdi. 

Lotin Amerikasida esa 2016 yilning sentabriga qadar bo‘lgan 12 oylik davrda 2003 yildan beri eng katta darajaga yetgan.

Ko‘proq yangiliklar: