O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi bu haftada 28 so‘mga oshdi

Iqtisodiyot 16:47 / 03.04.2017 16808

O‘zbekiston Markaziy banki 2017 yil 4 aprelidan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3623 so‘m 7 tiyin etib belgilandi. Bu 28 martdagi kursga nisbatan 28 so‘m 13 tiyinga ko‘p.

Qayd etish kerakki, keyingi haftalarda dollar rasmiy kursi har haftada qariyb 50 so‘mdan o‘sib borayotgandi.

4 apreldan e'tiboran, 1 yevro qiymati 3914 so‘m 42 tiyin (28 martdagi kursga nisbatan 30 so‘m 47 tiyin qimmat).

1 Rossiya rubli -   64,74

1 funt sterling -  4544,06

10 yapon iyen   -    325,41     

1 island kronasi -   32,04

10 von -   32,56

1 Kuvayt dinori  - 11890,62

100 livan funti - 240,61

1 Malayziya ringgiti -  818,96

1 Norvegiya kronasi  -  422,28

1 yuan -     526,36

1 Singapur dollari - 2594,58

1 Shved kronasi - 404,79  

1 Shveytsariya franki -   3620,54

1 BAA dirhami    -      986,41

1 Misr funti -    199,07

1 Daniya kronasi -     520,21

1 Avstraliya dollari  -  2757,16

1 turk lirasi -     998,31    

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: