Internetda Lada Vesta universalining yangi fotosuratlari paydo bo‘ldi. Ular modelni sinab ko‘rish paytida olingan.
Fotosuratlar manbasining xabar berishicha, sinov paytida «Vesta»ning barcha yo‘llarga mo‘ljallangan nusxasi – Cross ham payqalgan. Uning fikricha, bundan uzaytirilgan yo‘l shu'lasi, yukxona tomidagi spoyler va antenna dalolat bermoqda.
Kutilishicha, Lada Vesta universali iyun oxiridan boshlab ishlab chiqariladi. Model kuzda sotuvga chiqariladi.
Universal motori sedanga o‘xshash bo‘ladi. U 1.6 va 1.8.li benzin dvigatellari bilan jihozlangan bo‘lib, 106 va 122 ot kuchini beradi. Birinchisi besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi, yoki besh diapazonli robotlashtirilgani bilan uyg‘unlashsa, ikkinchisi – faqatgina “robot” bilan uyg‘un holda ishlaydi.
Sedan narxi 515 ming 900 rubldan boshlanadi.