Poroshenko 2016 yilda olgan daromadi haqida hisobot berdi

Iqtisodiyot 08:13 / 01.04.2017 11129

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning 2016 yildagi daromadi 12 mln grivna (440 ming AQSh dollari)ga teng bo‘lgan. Davlat yoki mahalliy o‘zi-o‘zi boshqarish idoralari vazifalarini bajaruvchi shaxslar deklaratsiyalarining Yagona davlat reyestrida shu haqda ma'lum qilingan. 

Hujjatga muvofiq, prezident maoshi 366 342 grivna (13 400 dollar)ni tashkil etgan. 11 902 976 grivna (436 550 dollar)ni Xalqaro investitsiya bankidan foiz sifatida olgan. Siyosatchi  26 252 grivna (960 dollar)ni korporativ huquqlari va qimmatli qog‘ozlaridan voz kechishi natijasida qo‘lga kiritgan. 

Ukraina rahbari, shuningdek, Kiyev yaqinida 1,3 ming kv.metr maydonda hovli-joyga ega. Bundan tashqari, umumiy maydoni 35 ming kv.m.ga teng yer uchastkalari ham bor. Shu bilan birga, ro‘yxatda poytaxtdagi xonadonlar, Vinnitsadagi turarjoy binosi hamda Odessadagi noturarjoy inshooti qayd etilgan. 

Ukraina rahbari, daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyaga 2010 yilda ishlab chiqilgan Mercedes-Benz Vito avtomobilini, Bayliner motorli qayig‘i, XIX-XX asr Rossiya va Ukraina rassomlarining kartinalari, XIX-XX asrlarga doir haykaltaroshlik namunalari to‘plami va boshqa badiiy qiymatga ega asarlarga egaligini ma'lum qilgan. 

Ukraina prezidentining rafiqasi Marina Poroshenkoning 2016 yildagi daromadi 75 ming grivnani tashkil etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: