Prezidentning yangi farmoni: Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 31 mart kungi «O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida» farmonida belgilab berilgan.
Yangi tuzilmani tashkil etishdan maqsad — «O‘zbekistonning investitsiya salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, yillik investitsiya dasturlarini sifatli ishlab chiqish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlarning moliya institutlari, yetakchi chet el kompaniyalari va bank tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, jalb etiladigan chet el investitsiyalari samaradorligini oshirish"dan iborat.
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Achilboy Ramatov rahbarlik qiladigan Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi tarkibiga kiradi
O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari va xalqaro hamda xorijiy moliya institutlaridagi doimiy vakili lavozimi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradi.
O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonlari Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga iqtisodiyotning tayanch tarmoqlari va infratuzilmani rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hamda ilg‘or texnologiyalarni, ustuvor dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun texnik ko‘maklashish mablag‘lari (grantlar) va imtiyozli kreditlarni jalb etish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida tahliliy materiallar, hisobotlarni, shuningdek, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan investitsiya sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirishga doir takliflarni har chorakda muntazam taqdim etib borishi shart.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining chet el kompaniya va tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish vazifasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga o‘tkazildi.
2017 yilning 1 iyunidan boshlab Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi zimmasiga investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida texnologik uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar yetkazib berish, shuningdek, bitta shartnoma bo‘yicha qiymati 100 ming AQSh dollaridan ortiq hajmdagi ishlar (xizmatlar)ning bajarilishi yuzasidan tender (tanlov) savdolari natijalarini muvofiqlashtirish, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish hamda ularga rioya etilishini nazorat qilish vazifalari yuklatildi.
Bundan tashqari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, «O‘zbekekspertiza» aksiyadorlik jamiyatining bitta shartnoma bo‘yicha qiymati 100 ming AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan investitsiya loyihalari, jumladan, tayyor holda topshiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan uskunalar, texnika va texnologiyalar, butlovchi buyumlarning narx ko‘rsatkichlariga doir import shartnomalarini ekspertizadan o‘tkazish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida tender natijalari bo‘yicha tuzilgan import shartnomalarini buyurtmachi bank kafolatini olganini tasdiqlaganidan keyin amaldagi qonunchilikka muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazish vazifalari Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga o‘tkazildi.
Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2016 yili O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi 2015 yildagiga nisbatan 11,3 foizga o‘sgan va 3,7 milliard dollarga yetgan.
2017 yilda 199 ta investitsiya loyihasi doirasida 4,505 milliard dollar hajmidagi xorijiy investitsiyalar jalb etilishi rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

12:17 / 29.11.2024
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bo‘limida xodimlar uchun namozxona ochildi

15:04 / 20.07.2022
Investitsiya dasturi doirasida Qoraqalpog‘istonga ajratilgan mablag‘ 1 trillion so‘mgacha oshirildi

13:06 / 14.12.2019
Senat «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni ma'qulladi

08:00 / 03.09.2019