Mask ko‘p marotaba ishlatiluvchi koinot kemalarini koinot sohasining kelajagi deb atadi

Fan-texnika 23:17 / 31.03.2017 4231

Amerikalik tadbirkor, SpaceX raketasozlik kompaniyasi rahbari Ilon Mask koinot tadqiqotlarining kelajagi koinot texnikasini ko‘p martalab ishlatish ortida ekanligini aytdi. The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, Mask bu fikrni uning kompaniyasi Falcon 9 raketasining birinchi bosqichini tarixda birinchi marta qayta koinotga uchirib, so‘ngra bu elementni maxsus platformaga qo‘ndira olganidan keyin jurnalistlar bilan uchrashuvda bildirdi. 

Maskning aytishicha, kompaniya rahbariyati Marsning o‘zlashtirilishi koinot kemalarini ushbu sayyoraga parvoz uchun ko‘p martalab ishlatish mumkinligiga bevosita bog‘liq. Suhbat chog‘ida Mask Marsga odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan ulkan kemalar Qizil sayyoraga minglab parvozlarni amalga oshirishga yaroqli bo‘lishi kerakligi haqidagi g‘oyani aytdi. U Marsdagi odamlar yashaydigan birinchi joy u hayotligidayoq yaratilishini istashini aytdi. Shu bilan birga Mask "Bu maqsadga erishish uchun biz kompaniyani kasodga uchratmoqchimasmiz", deb aytgan.

Maskning aytishicha, uning kompaniyasi raketalarning Yerga mustaqil qayta oluvchi va takror qo‘llash mumkin bo‘lgan tezlashtiruvchi blokidan foydalanmoqchi. Kapsula Marsgacha yetib bora olishi uchun uni Yer orbitasida yoki Oyda yoqilg‘i bilan qayta to‘ldirish taklif qilinmoqda. Ushbu loyiha uchun suyuq metan va suyuq kislorodda ishlovchi juda kuchli raketa dvigatellari yaratilishi kerak. 

Maskning bashorat qilishicha, Marsga bir vaqtda 100-200 kishidan jo‘natilsa, uni 40-100 yil ichida egallash mumkin bo‘ladi. Bunda Qizil sayyoragacha parvoz davomiyligi 80 kundan 150 kungachani tashkil qilishi taxmin qilinmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: