Volkswagen AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining 2015 yildagi dizelli avtomobillar modellarini, chiqarib tashlanish darajasi bo‘yicha dasturiy ta'minot yangilanganidan so‘ng, sotishga ruxsatini oldi. Bu haqda VW Group of America matbuot kotibi Jannin Jinivan ma'lum qildi.
EPA nafaqat DT o‘zgarishini talab qildi, balki dvigatelga ham o‘z e'tirozini bildirdi – kompaniya vakili so‘zlariga ko‘ra, bunga talab etilayotgan komponentlar keyingi yil boshidagina kelishi kerak. Biroq, dilerlarga kutish kerak bo‘lmaydi: Jinivan so‘zlariga qaraganda, kompaniya tegishli dasturni ishlab chiqmoqda.
Ruxsat 2015 yilgi avtomobil modellarining 67 mingtasini qamrab oladi, ulardan 12 tasi dilerlardadir.
Volkswagen’dan xabar berishlaricha, dizelli avtomobillarning yangi modellari amerikalik xaridorlarga taklif etilmaydi. Kompaniya elektrokarlar bozorida kuchli pozitsiyani egallash harakatida, shuning dizelli avtomobillarni yetkazib berish qisqaradi.
Volkswagen ekologik testlardan o‘tishda firibgarlik sxemalaridan foydalangani haqidagi ma'lumotlar 2015 yilning kuzida paydo bo‘lgandi.
«Dizel mojarosi» butun dunyo bo‘ylab 11 mln. avtomobilni o‘z domiga tortdi. Kompaniyada esa rahbariyatning deyarli barcha a'zosi ishdan ketdi.