Tovarlarni oldindan haq to‘lamasdan eksport qilishga ruxsat beriladi

Iqtisodiyot 15:53 / 30.03.2017 11276

Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida eksportni rag‘batlantirish va mahalliy tovarlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshliligini ta'minlashga qaratilgan loyiha joylashtirildi.

Norma.uz nashrida aniqlik kiritilishicha, joriy yilning 1 may kunidan e'tiboran quyidagilar taklif qilinmoqda:

1) Tovarlar (bundan yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlari mustasno), ishlar va xizmatlarni xorijiy valyutaga oldindan haq to‘lamasdan va bank akkreditivi ochmasdan, bank kafolatisiz va eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urtalash polisisiz eksport qilish. Buning uchun eksport kontraktining jami summasi ekvivalentda 100 ming AQSh dollaridan oshmasligi, valyuta tushumi esa  tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqiqatda eksport qilingan kundan boshlab 60 kun mobaynida tushishi kerak.
 
Ko‘rsatilgan shartlarda keyingi eksportga faqat ilgari eksport qilingan tovarlar bo‘yicha debitorlik qarzi qoplanib, muddati o‘tgan debitorlik qarziga yo‘l qo‘ygan eksportyor tashkilot rahbari javobgarlikka tortilgandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.
 
2) Prezidentning 10.10.1997 yildagi PF-1871-son Farmoniga 4-ilovada ko‘rsatilgan predmetlar va mahsulotlarni eksport qilishni faqat Hukumat qarorlari bo‘yicha amalga oshirish (ayni paytda ularni eksport qilish Prezident yoki Hukumat qarorlariga ko‘ra ayrim istisnolarni  hisobga olgan holda taqiqlangan).
 
Ilovaning o‘ziga volfram ruda va konsentrati (TIF TN bo‘yicha kodi: 2611000000) kiritilmoqda. Qolgan 12 nomlanish dastlabki tahrirda qolayotir.
 
Loyiha muhokama bosqichida bo‘lib, u o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: