Rossiyada rubl kursi muzlatilishi mumkinligi aytildi

Iqtisodiyot 21:41 / 30.03.2017 26435

Rossiya Markaziy banki Rossiya rubli kursini barqarorlashtirish uchun qat'iy kurs o‘rnatishi mumkin. Bu haqda 30 mart kuni Rossiya prezidenti maslahatchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Sergey Glazev aytdi.    

Glazevning aytishicha, Markaziy bankning asosiy vazifasi milliy valyuta barqarorligini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. "Rubl kursini muzlatish bundagi usullardan biridir, biroq bu ongli darajada qilinishi lozim va hamma bu narx raqobatbardoshligini ta'minlashini anglashi kerak", deb aytdi Glazev. 

Avvalroq Glazev Rossiyaning pul-kredit siyosati "ekzotik xarakterga" ega bo‘lib, moliyaviy firibgarlar boyishi uchun sharoitlar yaratishini aytgandi. 

Mart oyida Rossiya Federatsiya kengashi Markaziy bankka rublning ayirboshlash kursini muzlatishni tavsiya qilgandi. Senatorlarning fikricha, Markaziy bank shu yo‘l bilan valyuta spekulyatsiyalarini to‘xtatishi mumkin. 

Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina hukumat erkin valyuta kursini qo‘llab-quvvatlashini bir necha marotaba aytgan. 

Ko‘proq yangiliklar: