“O‘zbekneftgaz” va “Kazmunaygaz” O‘zbekistonga neft yetkazib berishni oshiradi

Iqtisodiyot 09:33 / 29.03.2017 10231

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga davlat tashrifi doirasida Ostonada bo‘lib o‘tgan biznes-forum ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Xususan, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan “Kazmunaygaz” kompaniyasi bilan marketing va neft mahsulotlari logistikasini rivojlantirish sohasidagi o‘zaro hamkorlik haqidagi kelishuvni imzoladi.

Hujjat tomonlarning O‘zbekiston Respublikasiga xom neft yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha hamkorlikda ishlashini, shuningdek Qozog‘iston Respublikasi bo‘ylab uning tranzitini nazarda tutadi.

Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” va Qozog‘iston energetika vazirligi o‘rtasidagi neftegaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Ko‘proq yangiliklar: