Yangi VW Polo niqobsiz suratga olindi

Fan-texnika 17:10 / 20.03.2017 7651

Internet tarmog‘ida yangi avlod Volkswagen Polo xetchbekiga tegishli suratlar paydo bo‘ldi. Avtomobilni JARda suratga olishgan. Fotosuratlarni Cars.co.za nashri e'lon qildi.

Ushbu model eng kichik MQB shassisi negizida barpo etilishi aniq. Uning g‘ildiraklar bazasi 2560 mmni tashkil etadi. Bu hozirgisidan 90 mmga uzunroq deganidir. Yangi platformaga o‘tish modelni kengroq va 70 kgga yengilroq bo‘lishini ta'minlaydi. 

Yangi avlod Volkswagen Polo xetchbekiga 3 va 4 silindrli, benzinli hamda dizelli motorlar o‘rnatiladi. Ularning ishchi hajmi 1,5 va 1 litr bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: