Xitoyda bir oyda 1 409 kishi yuqumli kasalliklar natijasida hayotdan ko‘z yumdi

Joriy yilning fevral oyida Xitoyda yuqumli kasalliklar 1 409 nafar kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqida Xitoy sog‘liqni saqlash va oilani rejalashtirish ishlari bo‘yicha Davlat qo‘mitasining hisobotiga asoslanib, "Anadolu" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 1097 kishi - OITS, 142 kishi - sil kasalligi, 61 - parranda grippi, yana 109 nafari A-B-C-E gepatiti, zaxm va quturish kasalliklari natijasida hayotdan ko‘z yumgan.
Hongkong, Makao va Tayvan bo‘yicha ma'lumotlar hisobotga kiritilmagan.
Mavzuga oid

15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi

16:36 / 30.12.2024
Hindistonda havo ifloslanishi millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda

08:11 / 14.12.2024
Kanadada har yigirmanchi o‘limga evtanaziya sabab bo‘lmoqda

15:03 / 10.12.2024