Smart Rearview Mirror – Xitoyning Xiaomi kompaniyasi tomonidan yaratilgan aqlli ko‘zgu bo‘lib, u yengil avtomobillar haydovchilariga yaxshi ko‘makdoshdir. Qurilmada datchik (qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilma)lar va yo‘l harakatini qayd etib boruvchi, videoyozuv hamda ehtimoliy to‘qnashuvlardan ogohlantiruvchi kamera mavjud. Bu haqda «TexnoRevolyutsiya» nashri xabar berdi.
Gadjyet 8,88-dyuymli Full HD-kenglikka ega va 16,7 million rangni taqdim eta oluvchi ko‘zguli ekrandan iborat. Shuningdek u GPS/Glonass modullari, 4G LTE, Wi-Fi va Bluetooth, olti linzali 160-darajali tasvirni qamrab oluvchi Full HD-kameraga ham egadir.
Smart Rearview Mirror tomonidan olingan videomaterial smartfondagi firma tomonidan ishlab chiqarilgan ilovaga kelib tushadi hamda u yerda uni saqlash, ko‘rish, tahrir qilish va do‘stlarga yuborish imkoni bor. Yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan taqdirda yozuvni dalil-isbot tariqasida ishlatish ham mumkin.
Hozircha bu yangilikni Xitoyning kraudfanding servisida 145 AQSh dollariga buyurtma qilish mumkin.