«Arsenal» muxlislari ko‘chalarga chiqib, Vengerga qarshi aksiya o‘tkazdi

«Arsenal» muxlislari Chempionlar ligasining nimchorak finali doirasida «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvi oldidan norozilik aksiyasi uyushtirishdi. Fanatlar guruhi «Emireyts» stadioni oldida to‘planib, rahbariyatni jamoa murabbiyi Arsen Venger bilan shartnomani uzaytirmaslikka chaqirishgan.
«Arsen Venger, biz sening ketishingni istaymiz!» – deya namoyish ishtirochilaridan birining so‘zlarini keltirgan AR jurnalisti Rob Harris.
Nemislar jamoasiga qarshi o‘yinda londonliklar yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Jamoa safar o‘yinida ham, o‘z maydonida ham bir xilda, 1:5 hisoblarida yutqazdi va umumiy hisobda 2:10 natijasi bilan turnirni tark etdi.
Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:35 / 23.02.2025
«Arsenal» poygadan chiqmoqda, «Barselona» revansh oldi. Kun o‘yinlari

10:26 / 20.02.2025