Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi yangi kupe shaklli sedani Arteon modelini taqdim etdi. U Passat CC modelining o‘rnini egallashi kutilmoqda. Sakkizinchi avlod Passat shassisida barpo etiladigan avtomobil Jyeneva avtosalonida namoyish etiladi. Arteon 2017 yil yozidan bozorga chiqariladi.
Kupesimon sedan Passat modelidan 95 mmga uzunroq va 29 mmga pastroq bo‘ladi. Uning g‘ildiraklar bazasi 50 mmga kengroq. Yukxona hajmi 563 litrga teng, orqa o‘rindiqlar yig‘ilsa uning hajmi 1557 litrga yetadi.
Arteon dizayni 2015 yilda namoyish qilingan Sport Coupe Concept GTE kontsept-karini deyarli takrorlaydi. Salonini esa hozirgi Passat modeliga qiyoslash mumkin. birgina farqlanuvchi jihati multimedia tizimiga ega displeydir.