Suriyada rossiyalik general minaga duch kelib portlab ketdi
O‘tgan haftada Palmira uchun jang vaqtida G‘arbiy harbiy okrug shtabining jangovar harbiy tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Petr Milyuxin minaga duch kelgan.
Xabarlarga ko‘ra, general ikki oyog‘i va ko‘zidan ajralgan. Xmeymimdagi bazada unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ahvoli keskin yomonlashgach esa uni maxsus reys orqali Moskvaga keltirishgan va Burdenko nomidagi bosh harbiy klinik gospitaliga joylashtirishgan.
Tibbiyot xodimlari uning ahvoli haqidagi ma'lumotlarni oshkor etishmagan.
Milyuxin Suriyadagi janglar vaqtida jarohatlangan ilk rossiyalik general bo‘ldi.
Rossiya harbiylari Milyuxinning jarohati haqida rasmiy bayonot bermagan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya Suriyaga kirib, IShIDga qarshi harbiy amaliyotlar boshlaganidan buyon (2015 yilning 30 sentabri) 30 nafar harbiysini yo‘qotdi. O‘tgan yilning dekabrida Halabdagi otishmalar vaqtida rossiyalik polkovnik Ruslan Galitskiy og‘ir jarohat olgan va keyinroq gospitalda jon bergandi. 2017 yilning fevralida esa 4 nafar harbiy maslahatchi mashinada ketayotganida minaga duch kelib portlab ketdi.
Shu bilan birga Britaniyaning Sky News telekanali 2016 yil avgustida "Vagner" harbiy kampaniyasida ishtirok etgan sobiq ikki jangchi bilan intervyuni e'lon qilgandi. Ular Suriyadagi harbiy harakatlar vaqtida 600 nafargacha rossiyalik harbiy halok bo‘lgani haqida aytishgan.
Rossiya hukumati Suriyada qancha harbiysi jarohat olgani haqida ma'lumot bermaydi.
IShID Palmirani 2015 yil mayida bosib olgandi. 2016 yil martida Rossiya havodan qo‘llab-quvvatlab turgan Suriya hukumati qo‘shinlari shaharni ozod qildi. Ammo 2016 yil dekabrida suriyalik harbiylar shaharni jangarilarga tashlab chekindi. 2 mart kuni esa shahar yana qaytarib olindi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning Orxus konvensiyasiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun imzolandi
O‘zbekiston | 10:45
-
Germaniya razvedkasi: COVID-19 pandemiyasi Xitoydagi sizib chiqish sababli yuzaga kelgan
Jahon | 10:41
-
“Maktabda raqobat borligi uchun kuchliroq o‘qidim” – Chikago universitetiga to‘liq grant yutgan ilk o‘zbek yigiti
Jamiyat | 10:30
-
Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi reyd boshlandi
Jamiyat | 10:06
Mavzuga oid

14:50 / 09.11.2017
Palmirada YuNeSKO yordami yo‘qligidan shikoyat qilishdi

12:22 / 20.03.2017
Isroil elchisi izoh berishi uchun Rossiya TIVga chaqirtirildi

14:42 / 03.03.2017
Foto: IShIDdan keyin Palmirada nima qoldi

19:30 / 02.03.2017