Janubiy Amerika sohillari yaqinida eng yirik kokain partiyasi musodara qilindi
AQSh sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xodimlari Trinidad va tobagolik hamkasblari bilan birga Janubiy Amerika sohillari yaqinida, Surinamning xalqaro suvlarida 1999 yildan beri eng yirik kokain partiyasini musodara qilishdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, baliq ovlovchi kichik kemadan 125 mln dollarlik 4,2 tonna kokain topilgan.
Qayiqda bo‘lgan Gayana fuqarolari ushlanib, Virginiya orollariga yetkazilganlar. Bu yerda ularga nisbatan tergov olib boriladi.
Ma'lum qilinishicha, noqonuniy yuk AQShning Puerto-Rikodagi giyohvand moddalarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlariga topshirilgan.
Avvalroq AQShning Florida shtatida giyohvand moddalarni aniqlash va muomaladan chiqarish bo‘yicha operatsiyada AQSh prezidenti Donald Tramp surati tushirilgan paketlarga qadoqlangan geroin moddasi aniqlangani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

16:31 / 22.02.2025
O‘zbekiston bilan Surinam diplomatik munosabat o‘rnatdi

16:14 / 16.02.2025
Farg‘onada tarkibida giyohvand modda bo‘lgan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi

14:21 / 02.02.2025
Samarqand va Toshkent viloyatlarida yirik miqdordagi giyohvand moddalar tarqatilishining oldi olindi

22:29 / 30.12.2024