Ayiq va sher bahsi: Shoygu Fellonga javob berdi

Jahon 16:36 / 21.02.2017 34522

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu buyuk britaniyalik hamkasbi Maykl Fellonning bayonotiga munosabat bildirdi. Britaniyalik vazir o‘shanda G‘arb "rus ayig‘i Liviyaga o‘z panjalarini cho‘zishi"ni istamasligi haqida gapirgandi.

"Ularning hayvonot bog‘ida ayiqqa buyruq bera oladigan jonzot bormikin?", degan Shoygu.

"Agar "hayvonlar mavzusi"ni davom ettiradigan bo‘lsak. Ularning gerbida — sher, to‘g‘rimi? Shunday qadimiy maqol bor: barcha sherlar — mushuklar, ammo barcha mushuklar ham — sher emas. Keling, barcha o‘z ishi bilan shug‘ullansin. Biz ularning hayvonot bog‘ida nima yashayotgani bilan qiziqmaymiz", — degan Shoygu talabalar bilan uchrashuv vaqtida yuzida yengil tabassum bilan.

Myunxendagi konferensiya vaqtida Fellon G‘arb tomonini Rossiya bilan Liviya bo‘yicha aloqalar holati qoniqtirmasligini aytgandi. Britaniyalik vazirning fikricha, shu orqali Moskva "G‘arbning kuchini bilib olmoqchi".

"Biz u yerga ayiq o‘z panjalarini tiqishtirishini istamaymiz", deya vazirning so‘zlarini keltirgandi Daily Mail.

Ko‘proq yangiliklar: