SpaceX kompaniyasi 19 fevral kuni Dragon koinot yuk kemasini Xalqaro koinot stansiyasiga yubordi. Kema ortilgan Falcon 9 raketa-tashuvchisi Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchirildi.
Parvoz uchun 2011 yildan beri bunday maqsadlarda ishlatilmagan 39A majmuasidan foydalanildi.
Quyida raketaning parvozi va qo‘nishi tasvirlangan videolar keltiriladi.