Zoyir Mirzayev Vetnam prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev Vetnam prezidenti Chan Day Kuang bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Viet Nam News nashri ma'lumotiga ko‘ra, Xanoyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishgan.
2016 yilda O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 37,42 mln dollarni tashkil etdi. Ikki tomon ham mazkur raqamlar qoniqarli emasligi hamda bu ko‘rsatkichni yanada yuqoriroq bosqichga olib chiqish lozimligini ta'kidlab o‘tishgan.
Jumladan, Chan Day Kuang O‘zbekiston va Vetnam to‘qimachilik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, poyabzal ishlab chiqarish, turizm hamda boshqa sohalarda hamkorlik qilishi mumkinligini qayd etib o‘tgan.
Bosh vazir o‘rinbosari esa O‘zbekiston Vetnam bilan savdo-iqtisodiy, moliya-investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanini bildirgan.
Zoyir Mirzayev Vetnam prezidentiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatga taklifi bildirilgan maktubni topshirgan.
Mavzuga oid

20:01 / 10.01.2025
16 yillik rekord: eng ko‘p ishonch bildirilgan hokimlar

11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

22:35 / 16.10.2024
Toshkent viloyatiga mingta yangi avtobus xarid qilinadi

09:34 / 05.08.2024