O‘zbekiston | 16:46 / 09.02.2017
21065
1 daqiqa o‘qiladi
Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga Sodiqov Abdushukur Abdujamilovich yangi rahbar sifatida tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyatidagi Kun.uz manbasi xabar qildi.
U bu lavozimda 2015 yilning noyabridan buyon ishlab kelgan Yorqulov Qudratjon Mutalibovich o‘rnini egalladi.
Sodiqov Abdushukur shu kunga qadar Andijon davlat Tibbiyot institutida rektor sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.