6 fevral: Qirolicha Yelizaveta II taxtga o‘tirganiga 65 yil bo‘ldi
Bugun, 6 fevral kuni Yelizaveta II Birlashgan Qirollik, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa Britaniya Hamdo‘stligi mamlakatlari qirolichasi sifatida e'tirof etilganiga 65 yil bo‘ldi. Yelizaveta II — Britaniyaning Shekspir, Big-Ben, The Beatles kabi timsollaridan biri. Uning surati tangalar va kiyimlarga tushirilgan. Unga madhiyalar va qo‘shiqlar atashadi. Qirolichaning katta oilasi - turmush o‘rtog‘i Filipp, Edinburg gersogi, 4 nafar farzandi, 8 nafar nevarasi va hozircha 5 evarasi bor. 2016 yilning aprelida qirolicha o‘zining 90 yoshligini nishonladi.
Yelizaveta II Qirollik bandargohining taxt xonasidagi Temir Taxtni tomosha qilmoqda, butun dunyoga mashhur "Taxtlar o‘yini" seriali shu pavilonda tasvirga olingan, 2014 yil

Yelizaveta II (chap tomonda), 1927 yil

Yelizaveta II 13-yoshga to‘lgan kun, 1939 yil

Yelizaveta II Bukengem saroyida o‘zining xorijiy pochta markalari kolleksiyasini ko‘zdan kechirmoqda, 1946 yil

Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi jahon urushi vaqtida xizmatda

Yelizaveta II 21 yoshga to‘lgan kun, Janubiy Afrikadagi Royal-Natal Milliy parkida, 1947 yil

Yelizaveta II va shahzoda Filippning to‘yi, 1947 yil

1952 yilning 6 fevralida otasi Georg VI vafot etishi munosabati bilan Yelizaveta qirolicha deya e'lon qilingan va bir yarim yil o‘tgach unga rasman toj kiydirilgan.

Yelizaveta II va shahzoda Filipp farzandlari bilan: shahzoda Charlz va malika Anna

1953 yilning 2 iyunida Yelizavety II'ga rasman toj kiydirish marosimi bo‘lib o‘tgan va bu Britaniyaning XX asr tarixidagi eng yorqin hodisalardan biri bo‘lgan. Bu marosim butun mamlakat uchun uzoq urush yillaridan keyin haqiqiy bayramga aylangan.

Yelizaveta II Berlinga safari chog‘ida, 2015 yil

RF prezidenti Vladimir Putin, Buyuk Britaniya bosh vaziri Toni Bler, Yelizaveta II turmush o‘rtog‘i Filipp bilan Gleniglsdagi "katta sakkizlik" sammiti doirasidagi tantanali kechki ovqat oldidan, 2005 yil

Yelizaveta II Buyuk Britaniya parlamenti yangi sessiyasining rasmiy ochilish marosimi vaqtida, 2014 yil

Yelizaveta II bo‘sh vaqtini ochiq havoda o‘tkazadi

Yelizaveta II va shahzoda Filipp, 2012 yil.

Qirollik oilasi surati, 2015 yil

Yelizaveta II Tauerdagi memorial installyatsiyani ziyorat qilmoqda
Mavzuga oid

21:46 / 23.11.2024
Charlz III ning toj kiyishi britaniyaliklarga 90 mln dollarga tushgani ma’lum bo‘ldi

10:59 / 07.11.2024
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filippning to‘yidagi tort bo‘lagi kimoshdi savdosida sotildi

21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda

18:36 / 01.01.2023