Useyn Bolt faoliyatini qachon yakunlashi borasida oydinlik kiritdi

Foto: Kai Pfaffenbach / Reuters
Yamaykalik sprinter, 8 karra Olimpiya chempioni Useyn Bolt 2017 yilgi jahon chempionatidan keyin ishtiroklarini yakunlamoqchi. U bu haqda 2 fevralda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, 2018 yilgi Hamdo‘stlik o‘yinlari tashkilotchilari Boltni musobaqalarda ishtirok etishga taklif qilishgan, biroq sportchi rad javobini bergan.
"2018 yildagi startga chiqishim, g‘alaba qozonishga imkoniyatga ega bo‘lishim uchun har qachongidan ko‘proq mashq qilishim kerak. Bu esa yuz bermaydi", deb aytgan Bolt.
2017 yilgi yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati Londonda 5-13 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
25 yanvarda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Boltni uning jamoadoshi Nesta Karter doping-namunasida taqiqlangan moddalar aniqlangandan keyin Pekindagi Olimpiadada 4x100 metrga estafeta yugurishda qo‘lga kiritgan oltin medalidan mahrum qildi. Shuningdek, o‘sha estafetada ishtirok etgan qolgan yamaykalik sportchilar ham oltin medallardan mahrum etildilar.
Mavzuga oid

21:18 / 06.03.2025
O‘zbekiston yosh xokkeychilari jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi

15:23 / 04.12.2023
Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

20:22 / 26.11.2023