Rossiyada yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi

Iqtisodiyot 15:57 / 01.02.2017 31335

Rossiya Markaziy banki – Rossiya banki – joriy yilning oxirida muomalaga chiqariladigan yangi pullar dizaynini aniqlab oldi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda. Yangi kupyuralar 200 va 2000 nominalga ega bo‘ladi. 

«200 rubllik banknotada Sevastopol timsoli tushiriladi. Unda cho‘kib ketgan kemalarga o‘rnatilgan yodgorlik va Xersones ko‘rinishi aks etadi. 2000 rubllik qog‘oz pulda Uzoq Sharqning mashhur joylari — Vladivostok ko‘prigi va Amur viloyatidagi Sharqiy kosmodromi surati aks etadi», — deyiladi xabarda. 

Banknotalar dizayni bo‘yicha yakuniy qaror Butunrossiya tanlovi natijasida qabul qilingan. Tanlov o‘tgan yilning iyun-oktabr oylarida bo‘lib o‘tgan edi. Unda 5 mingdan ortiq da'vogarlar qatnashgan. 3 milliondan ortiq kishi ishtirok etgan ovoz berish jarayonida Uzoq Sharq va Sevastopol timsollari tanlandi. 

MB raisi Elvira Nabiullinaning fikricha, yangi pullar fuqarolarning mahsulotlar va xizmatlar uchun haq to‘lashini yengillashtiradi. 

Rossiya banki, so‘nggi marotaba, 2009 yilda yangi nominaldagi pullarni chiqargan edi. O‘shanda 10 rubllik tangalar muomalaga kiritilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: