Tramp farmoni Kremniy vodiysi kompaniyalari qiymatini qanchaga tushirib yuborgani ma'lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 19:01 / 31.01.2017 7725

Investorlar prezident Donald Trampning protektsionistik savdo va muhojirlik siyosati Kremniy vodiysi kompaniyalari faoliyatiga salbiy ta'sir etishi mumkinligidan xavotirda.

Bu xavotirlar juma kuni – Tramp o‘z farmoni bilan yettita musulmon davlati fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlab qo‘ygach, yanada oshdi.

Xabarlarga ko‘ra, bu holat texnologiyalar sohasida ishlovchi kompaniyalar xorijiy xodimlaridan mahrum bo‘lishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarni keltirib chiqadi. S&P 500 indeksiga kiruvchi beshta eng yirik texnologiya kompaniyalari qiymati dushanba kuni 32 milliard dollarga tushib ketdi. Texnologiyalar sohasidagi birja jamg‘armasi Technology Select Sector SPDR dushanba kungi savdolarda deyarli 1 foizga tushib ketdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Tramp farmoni Apple kompaniyasi aksiyalari qiymatini -0,67 foizga, Alphabet -2,6 foizga, Amazon -1 foizga, Facebook -1,4 foizga hamda Microsoft aksiyalari qiymatini -1,3 foizga tushirib yuboradi.

Texnologiya kompaniyalari Tramp qarorini darhol tanqid qilishdi. Google bosh direktori Sundar Pichai ochiq maktubida farmonni «og‘riqli» deb atab, u kompaniyaning 100 nafarga yaqin xodimiga ta'sir ko‘rsatganini ta'kidlab o‘tdi. Facebook rahbari Mark Tsukerberg esa «biz o‘z eshiklarimizni qochqinlar va yordamga muhtoj insonlar uchun ochiq holda saqlashimiz kerak» dedi.

Ko‘proq yangiliklar: