Rublning 20 foizga mustahkamlanishi texnik tuzatish hisoblanadi

Iqtisodiyot 18:53 / 31.01.2017 12402

2017 yil boshida Rossiya rublining dollarga nisbatan 20 foizga mustahkamlanishi texnik tuzatish hisoblanadi. Bunday holat 2014-15 yillarda milliy valyuta qadrsizlanganidan so‘ng ham kuzatilgan. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti ekspertlari shu haqda yozmoqda.
 
«Agar rublning so‘nggi 3 yilda neft narxlari o‘sish ko‘rsatkichlaridan chekinishini tahlil qilsak, uning qadrsizlanish va mustahkamlanish tomoniga 10 foizlik yo‘lakdan chiqmaganini ko‘ramiz», — deb yozgan RIU bank ishi kafedrasi dotsenti Denis Domashchenko.

Uning fikricha, rubl joriy mustahkamlanish chegaralariga yaqin. «Neft bozorining hozirgi salbiy holatida mustahkam rubl Rossiya xom ashyo eksportchilariga foydali emas», — deydi ekspert. U Rossiya bankiga valyuta intervensiyalari amaliyotiga qaytish bo‘yicha bosimning katta ehtimolini e'tirof etadi. Hukumat boshqariluvchi kursda federal byudjyet parametrlarini osonlik bilan taxmin qila oladi, biroq iqtisodiyot uchun valyuta yo‘lagi siyosati ko‘proq zararlidir, degan fikrni bildiradi Domashchenko.

Avvalroq, 31 yanvar kuni «Kommersant'» nashri Rossiya moliya vazirligining rubl kursi xususidagi qarashini ma'lum qilgan edi. Unga ko‘ra, vazirlik rubl kursini asossiz baland deb hisoblab, uni 10 foizga qadrsizlantirishni taklif qilgan. Shu kuni Bloomberg agentligi, AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bekor qilsa, rubl kursi 5-10 foizgacha mustahkamlanishini aytgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: