O‘zbekiston turizm sohasida Ispaniya bilan hamkorlik qiladi

Iqtisodiyot 11:07 / 29.01.2017 10311

Ma'lumki, O‘zbekiston turizm sohasida katta salohiyatga ega. O‘tgan yilning o‘zida 2 milliondan ziyod xorijiy sayyohlar yurtimizga tashrif buyurdi. Jahon sayyohlarining tarixiy obidalarimiz, urf-odat va an'analarimizga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Xorazm viloyati ayni shu sohada katta imkoniyat va salohiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ko‘hna Ichan-qal'a majmuasida Xorazm viloyatining turizm sohasini rivojlantirish dasturining taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur taqdimotning Ichan-qal'ada o‘tkazilishi ramziy ma'noga ega. 

2520 yillik tarixga ega ushbu majmua ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan. Mazkur hududdagi ko‘plab me'moriy va tarixiy yodgorliklar nufuzli xalqaro tashkilot YuNeSKOning merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Majmuada 8000dan ziyod muzey eksponatlari bor. Yiliga o‘rtacha 1 milliondan ortiq sayyoh bu yerga tashrif buyuradi. 

Xorijiy sayyohlarning yurtimizga kelib-ketishi bilan bog‘liq viza tartiblari soddalashtirildi. Turizm sohasidagi mutaxassislar bilan suhbat chog‘ida sayyohlik, mamlakatimiz valyuta tushumlarini ko‘paytirishning muhim manbai bo‘lishi bilan birga, eng asosiysi, yuzlab yangi ish o‘rinlarini ochish imkonini beradi, dedi davlatimiz rahbari. 

"Turizmni rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlarni 5 yilga hamma soliqlardan ozod qilamiz, besh yilda oyoqqa turib olamiz, agar chin dildan harakat qilsak. Bu yerda gaz, suvlar, kanalizatsiya, elektr energiya, yo‘llar - hammasini joy-joyiga tushirib olsak, poyezd keladigan bo‘lsa, hamma masala hal bo‘ladi. 4-5 ko‘cha qilishimiz kerak - bir yerda Xorazm madaniyati, bir yerda urf-odati, yana bir yerda dutori, lazgisini o‘rgatish yo‘lga qo‘yilsa. 

Ispaniyani oling - turizmdan necha milliard dollar ishlaydi. Ularda metodika, domlalar bor, pul to‘laymiz, - Urganchning bir kollejini Ispaniya kolleji turizmiga sentabrdan boshlab o‘qishni boshlash kerak, bu yerda qo‘shma korxonasini tashkil qilasizlar. Har chorakda 10 nafardan mutaxassis olib kelib (Turkiya, Ispaniyadan), o‘qish o‘rgatish kerak, Urganch universiteti qoshida kurs ochish kerak", - dedi davlat rahbari.

Ko‘proq yangiliklar: