BBC tomoshabinlarini reportyorlardan biri lol qoldirdi

Foto: Daily Mirror
BBC North America muxbiri Jon Sopel Oq uydan tayyorlagan lavhasida o‘zi bilib-bilmay tomoshabinlarni taajjubga solib qo‘ydi, deb yozmoqda Daily Mirror nashri.
O‘sha lavhada Sopel qo‘llarini faol qimirlatadi. Kutilmaganda uning qo‘lida qo‘lqop paydo bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim foydalanuvchilari bunga diqqat qaratib, uni "sehrli tomosha" deb hazil qilishgan.
"Jon Sopel bo‘sh vaqtlari ko‘zboylash bilan pul topadimi?", — deb murojaat qiladi Rassel Joys.
"Sopelning bunday holatlar uchun dublyori bor, shekilli?", — deydi Nil Bauness.
Sopelning o‘zi bu holatga oydinlik kiritar ekan, aslida nima bo‘lganini tushuntirib bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bir necha soniyaga bloklanib qolgan telefonini barmoq izi bilan ochish maqsadida qo‘lqopini olib turgan, keyin yana kiygan.
"Menga Trampning bitta gapi kerak edi. Telefonim bloklanib qolganini bilgach, tezda qo‘lqopni yechib, telefonni faollashtirdim", — degan jurnalist va odamlar uni sehrgar deb o‘ylashganidan xursand bo‘lganini aytgan.
Mavzuga oid

15:42 / 28.01.2025
BBC O‘zbekistonni 2025 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta manzil ro‘yxatiga kiritdi

00:50 / 18.01.2025
Apple yangilangan iOSʼdan sun’iy intellekt asosida ishlaydigan funksiyasini o‘chirib qo‘ydi

20:47 / 09.08.2024
BBC hibsga olingan boshlovchisidan 200 ming funt maoshini qaytarishni talab qildi

11:24 / 20.02.2024